САЙТ РАБОТАЕТ В ТЕСТОВОМ РЕЖИМЕ

  • Законодательная палата
  • Новости
  • Законодательная деятельность
  • Парламентская дипломатия
  • Встречи с избирателями
  • Пресс-служба
  • Контрольно-аналитическая деятельность
  • Информационно-аналитические документы
  • Молодежный парламент
  • Прямая трансляция
  • Фотогалерея
  • Мероприятия
  • Видеогалерея
  • Контакты

not found
not found
not found
not found
not found
not found

2025-yil 14-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda erkin va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini tubdan oshirish, ularning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha yangicha tizim yaratildi.

Davlatimiz rahbarining “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqdi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mazkur institutga alohida bob ajratilib, konstitutsiyaviy maqom berildi.

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 18-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi majlisidagi nutqida parlament a’zolariga bir qator ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgandi. Jumladan, Qonunchilik palatasi qo‘mitalari faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari bilan muloqotni kuchaytirish muhim ahamiyatga egaligi qayd etilgan edi.

Seminar mazkur ustuvor vazifalarni samarali amalga oshirish, parlament qo‘mitalari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi konstruktiv muloqot platformasini yaratish hamda qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida parlament va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirish, qonun loyihalarini muhokama qilish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirish mexanizmlarini joriy etish, qo‘mitalar huzuridagi Jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish va takomillashtirish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

So‘zga chiqqanlar qonun loyihalarini muhokama qilish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki kengayishi qonunlarda xalq manfaatlarini yanada kengroq ifodalash, jamiyatda kechayotgan demokratik jarayonlar ruhini singdirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Tadbir yakunida Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi Toshkent tibbiyot akademiyasi, O‘zbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi, “Ibn Sino” jamoat fondi, Ijtimoiy himoyani rivojlantirish, Mehnat bozori tadqiqotlari, Salomatlik va strategik rivojlanish institutlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolanib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

Комментарии: